Aksiyadorlar diqqatiga 
 

16.05.2019 y.

Aksiyadorlar diqqatiga !

2019 yil 27 may kuni Toshkent sh., A. Navoiy ko'chasi, 38-uy, "O'zkimyosanoat" AJ binosiga aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi bo'lib o'tadi.
Manzil (pochta manzili): 140162, Samarqand shahri, Kimyogar shahri.
Jamiyat sayti va elektron manzil: www.samkimyo.uz. administrator@samkimyo.uz
Umumiy yig'ilish o'tkaziladigan sana, vaqt va joy: 2019 yil 27 may kuni 1000 soat Toshkent shahri, A. Navoiy ko'chasi, 38-uy, "O'zkimyosanoat"AJ binosi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi kun tartibi:

1. Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. Yig'ilish raisi va kotibini saylash.
3. Jamiyat Kuzatuv kengashi a'zolarini saylash.
4. "Samarqandkimyo" AJning "Samarqand NPK" MCHJ QK ustav kapitalidagi ulushini "O'zkimyosanoat" AJning "Samarqandkimyo" AJda kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash jamg'armasidan ilgari ajratilgan moliyaviy yordam bo'yicha qarzni to'lash hisobiga o'tkazish.
Ma'lumot (materiallar) O'zbekiston Respublikasi Qonunining 62-moddasiga muvofiq aksiyadorlarga taqdim etilishi kerak. "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to'g'risida".

16.05.2019

Jamiyat Matbuot markazi