Jamiyat haqida 
 

Jamiyat haqida

Zavod o’z hisobotlarini 1949-yilda boshladi.Ma’muriyat tashkil etish va yer maydonlari tug’risida tashkiliy tadbirlar o’tkazildi.

1950-yilda Sovet Itifoqi GIPROXIM loixasi bo’yicha serno kislota,superfosfad,kislorod va texnik tamirlash ishlari boshlangan.Dastlab zavodga kiruvchi yo’llar 2 ta temiryo’l va 2 ta magistral stansiyalar Superfosfad va Zavodskoy yo’llari qurildi. Birinchi marta Samarqanda Superfosfad zavodida ixtisoslashmagan va tuliq jixozlanmagan xonalarda serno kislotasini olish amalga oshirildi. Samarqanda Superfosfad zavodi tajribasi shuni ko’rsatayapdiki tamirlash ishlari va qayta tiklashni ochiq joylarda serno kislota aparaturalarini tamirlay oladi.Shuning uchun sexlarni kapital tamirlashga ketadigan sarf xarajatlar ancha kamaydi shu jumladan sexlarni shamollatish ishlari ancha engillashdi va ortiqcha zararli gazlarni yo’qotishga erishildi. Markaziy Osiyoning paxta etishtiradigan Respublikalarida zavoddan chiqadigan superfosfad o’g’iti uchun extiyoj kun sayin ortib bordi.SSSR ning Qozog’iston Respublikasi Jambul viloyati Qaratov tumanidan xom ashyolar keltirila boshlandi.

1955-yil superfosfad sexi o’z ishini boshladi.Qaratovdan superfosfad xom ashyosi olib kelina boshlandi.1960-yilda superfosfad xususiyatini yaxshilash maqsadida bino qurilish ishlari va akumlyator kislotalarini tayyorlash yo’lga quyildi.Granulalangan superfosfad ishlab chiqarish zavodga zararliligi oshdi shu munosabat bilan 1962-yilda amonozerlangan superfosfad ishlab chiqarishga o’tdi.

Konsentratlangan va murakkab o’g’itlarni ishlab chiqish tez sur’atlarda rivojlanib ketdi. 1976-yil 23-noyabrda Samarqand Superfosfad zavodidan chiqadigan Amafos o’g’itiga Davlat sifat belgisi berildi.

1984-yil fosfor ekstraksiyasi ishga tushirildi va natijada ishlab chiqarish quvvati yiliga 136.4 t ni tashkil qildi.

1994-yilda Qozog’istondan fosfor xom ashyosi olib kelish tuxtatildi,ikinchi tomondan granulalangan sulfat amon meniral o’g’ti ishlab chiqarish yo’lga quyildi.

1994-yildan boshlab zavodda yangi texnologiyalar o’zlashtirildi,bazalashtirilgan maxalliy xom ashyolar: kalsiysulfafosfad, Superfosfad, amosirafos, azot fosfor o’g’iti,sulfad amon ishlab chiqarildi.

01.01.2005 O’zbekiston Respublikasining №105-K buyrug’iga asosan Samarqand Superfosfad zavodiga «Samarqandkimyo» Ochiq Aksiyadorlik Jamiyati nomi berildi.

2014-yil 5-avgustda aksionerlarnuing umumiy yig’ilishdagi qaroriga asosan “Samarqandkimyo” Ochiq Aksiyadorlik Jamiyatiga Aksiyadorlik Jamiyati nomi berildi.

01.05.2015 yil xolatiga ko’ra zavoddagi ishchilar soni 666 kishini tashkil qiladi.